Jahon | 08:33 / 24.04.2017
7669
3 daqiqa o‘qiladi

AQShning suv osti kemalari ayol harbiylarga moslab ishlab chiqariladi

AQShning Electric Boat kompaniyasi "Virijiniya" sinfidagi suv osti kemalarini ayol harbiylarga moslashni boshladi. Bu haqda Navy Times nashri xabar bermoqda. Kemaning ichki tuzilishi va boshqaruv organlarini o‘zgartirish rejalashtirilgan. Bunday o‘zgarishlar amalga oshiriladigan birinchi suv osti kemasi harbiylar tomonidan buyurtirilgan va 2021 yilda flotga topshiriladigan raketa tashuvchi suv osti kemasi bo‘ladi. 

Hozirgacha AQSh suv osti kemalari erkak ekipajlarga moslab loyihalangan. Kemadagi dush kabinalari, turar joy bo‘linmalari bir jins vakillari uchun mo‘ljallab loyihalangan, ba'zi boshqaruv elementlari bilakda kuch bo‘lishini talab qiladi.  

Kompaniya alohida dush kabinalari va yotoq joylarini jihozlashdan tashqari, kemani boshqarish organlarini ayollar moslab yumshoqroq boshqariladigan qilib loyihalamoqchi. Maxovik va dastaklar, axborot tablichkalari va displeylar pastroq qilib o‘rnatiladi. Bundan tashqari, uch yarusli karavotlar ayol harbiylar tepa koykalarga chiqa olishlari  uchun narvonlar bilan jihozlanadi. 

AQSh suv osti kemalarida ayollarning xizmat qilishiga taqiqlov 2010 yilda bekor qilingan. Hozirda suv osti kemalari ekipajlarida 80 ga yaqin ayol zobit va 50 ga yaqin ayol matros xizmat qiladi. Yaqin yillarda bu toifadagi ayol harbiylarning soni ancha oshishi kutilmoqda. Biroq flotda "gender tenghuquqligi" tarafdorlari ayol dengizchilar orasida homiladorlar soni oshishi bilan hisoblashishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

"Virjiniya" sinfidagi ko‘p maqsadli suv osti kemalari dushman suv osti kemalariga qarshi kurashishga mo‘ljallangan. Kema Tomahawk qanotli raketalari va torpedolaridan tashqari, maxsus operatsiyalarni bajarish uchun mo‘ljallangan qurilmalar: chuqur suv ostiga sho‘ng‘uvchi qurilmalar, g‘avvoslar uchun shlyuz kamerasi, konteyner yoki o‘ta kichik suv osti kemasini palubaga mahkamlash vositasiga ega.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid