«Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi
O‘zbekistonda «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar muhokamaga qo‘yiladigan portalda taqdim etildi.
Qonunga muvofiq, davlat xaridlari - tovar, ish va xizmatlarning to‘liq yoki qisman buyurtmachilar tomonidan qo‘lga kiritilishi. Ular byudjyet tizimi mablag‘lari va boshqa fond hamda davlat tashqi kreditlari va chet el grantlari evaziga xarid qilinadi.
Davlat siyosatining davlat xaridlari sohasidagi asosiy maqsadi davlat xaridlarining barcha sub'yektlari uchun qulay bo‘lgan muhitni shakllantirish, shuningdek davlat xaridlarini amalga oshirayotgan vaqtda korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarga qarshi kurashish hisoblanadi. Davlat xaridlari nima uchun amalga oshiriladi?
- davlat dasturlarini bajarish;
- davlatning ijtimoiy vazifalarini bajarish;
- davlat xizmatlarini taqdim etish;
- hukumatning boshqa strategik maqsad va vazifalariga erishish;
- byudjyet tashkilotlar, byudjyet vositalarini tovarlar (ishlar va xizmatlar) ko‘rinishida oluvchilar ehtiyojini qondirish.
Davlat xaridlarini amalga oshirishda ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning ustuvor jihatlari inobatga olinadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash, yuqori texnologik muhitni yaratish va qulay ekologik sharoitni saqlab qolish shular jumlasidandir.
Qonun loyihasi shuningdek talabgor, yetkazib beruvchi, vositachining huquq va majburiyatlarini tartibga soluvchi normalarni ham o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Hujjat davlat xaridlari jarayonini belgilab beradi.
Davlat xaridlari haqidagi ma'lumot bilan ta'minlash uchun maxsus axborot portali qo‘llanadi.
Mavzuga oid
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
13:29 / 07.11.2024
O‘zbekiston va Xitoy aniq qo‘shma loyihalarni ishlab chiqishni rejalashtirmoqda
15:01 / 05.11.2024
Nyu-Yorkda piyodalarga yo‘lning istalgan joyidan istalgan vaqtda kesib o‘tishga ruxsat berildi
14:30 / 02.11.2024