Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikada jinoyatchilar to‘qnashuvida 9 kishi halok bo‘ldi
Meksikaning Michoakan va Gerrero shtatlari chegaralarida ikki o‘zaro raqib jinoiy to‘da o‘rtasidagi to‘qnashuv oqibatida 9 kishi o‘ldirildi. Bu haqda Michoakan bosh prokuraturasi ma'lum qildi.
Prokuratura xodimlari to‘qnashuv yuz bergan Churumuko munitsipiyasiga kelib, u yerda 9 jasadni aniqlashgan. Shuningdek, o‘qqa tutilgan 4 ta mashina ham aniqlangan.
Michoakan va Gerrero shtatlari Meksikadagi eng xavfli hududlardan hisoblanadi. Bu AQShga giyohvand moddalar yetkazib berishni nazoratga olish uchun o‘zaro kurash olib boruvchi narkokartellar faoliyati bilan bog‘langan.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025