Iqtisodiyot | 14:32 / 24.04.2017
21617
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 3700 so‘mlik «dovon»dan o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2017 yil 25 apreldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 3706 so‘mu 22 tiyin etib belgilandi. Bu 17 apreldagi kursga nisbatan 27 so‘m 33 tiyinga ko‘p.

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid