Light | 11:31 / 25.04.2017
49541
7 daqiqa o‘qiladi

Fotojamlanma: Bill Geytsning uyi bo‘ylab sayohat

Dunyoning eng badavlat kishilaridan biri, Microsoft asoschisi Bill Geytsning shaxsiy kapitali 78,9 milliard dollarni tashkil qiladi. Bunday davlatga ega insonning o‘ziga xos turar-joyga egaligi hech kimni ajablantirmasa kerak.

Vashington shtatidagi Medinada joylashgan ushbu ko‘chmas mulkning qurilishiga yetti yil va 63 million dollar sarflangan. U bu maskanni mashhur «Fuqaro Keyn» kinolentasi bosh qahramoni Karl Foster Keynning to‘qima uyi sharafiga «Zanadu 2.0» deya nomlagan. InsiderPro bu uyning eng diqqatga sazovor jihatlari bilan bo‘lishdi.

Bugungi kunda uy kamida 123 million dollarga baholanadi.

King okrugini baholash Davlat boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilda shaxsiy mulk obekti 123,54 million dollarga baholangan. 1988 yilda Geyts 2 million dollarga shu hududni sotib olgan. Ta'kidlanishicha, ko‘chmas mulkka solinadigan bir yillik soliq million dollarni tashkil qiladi.

Qurilishga deyarli 1,2 ming kubometr daraxt sarflangan.

Uy Oregon qarag‘ayi yog‘ochidan qurilgan. Qurilishda 500 yillik o‘simliklardan foydalanilgan. Unda 300 ishchi, jumladan, 100 nafar elektr ustasi mehnat qilgan.

Butun inshootni qamrab olgan sensorlar tizimi u yerda yashovchilarga iqlimni boshqarish va xonalarni yoritish imkonini beradi.

Yangi mehmon kelganda unga uy sensorlariga bog‘langan maxsus brelok beriladi. Mehmonlar o‘zi istagan harorat va yorug‘lik darajasini belgilashadi, ular bir inshootdan boshqasiga o‘tayotganida bu parametrlar tegishli ravishda o‘zgaradi. Mehmonning bir xonada eshitishni boshlagan musiqasi gulqog‘ozlar ostiga o‘rnatilgan dinamikalar tizimi yordamida uning ketidan qo‘shni xonaga o‘tadi.

Issiqlikni nazorat qilishda mahalliy hudud xususiyatlaridan foydalaniladi.

«Za­na­du 2.0»ni qurishda energosamaradorlik tamoyillari inobatga olingan.

Devorlardagi tasviriy san'at asarlari bir tugmani bosish bilan o‘zgaradi.

Butun uy bo‘ylab umumiy qiymati 80 ming dollarlik ko‘plab kompyuter ekranlari o‘rnatilgan. Istagan kishi o‘ziga yoqqan kartina yoki suratni ekranga chiqarishi mumkin; uydagi ma'lumotlarni saqlash tizimining qiymati - 150 ming dollar.

Suzish havzasida alohida musiqiy tizim mavjud.

18 metrli suzish havzasi 360 kvadrat metrli alohida inshootda joylashgan, suratda bu - katta jigarrang bino. Shisha devor ostiga sho‘ng‘ilsa, tashqi terassaga chiqish mumkin.

Shuningdek, binoda 4 ta dush va 2 ta vannali yechinish xonasi bor.

Batut uchun 6 metrli shiftga ega alohida xona qurilgan.

Batut hajmi ma'lum qilinmagan, lekin, bu oddiy trenajyorlardan qiziqroq ekani aniq.

Bu yerda 230 kvadrat metrli maydonga ega trenajyorli zallar hamda saunalar ham bor.

Katta ziyofat zalida 200 nafargacha mehmon sig‘adi.

Uning maydoni 200 kvadrat metrdan ortiq, bu yer tushlik ustida 150 nafargacha yoki furshet vaqtida 200 nafargacha kishini sig‘dirish mumkin. Shuningdek, deyarli ikki metrli kamin va yetti metrli ekranni ko‘rish mumkin.

Uyda 24 vannaxona mavjud.

Albatta, agar muntazam katta ziyofatlar uyushtirilsa, ular foyda berishi mumkin, aks holda, bu ortiqchadek ko‘rinadi.

Uyda oltita oshxona bor.

Albatta, agar muntazam katta ziyofatlar uyushtirilsa, ular foyda berishi mumkin.

Uyda katta kutubxona mavjud, bu yerda boshqa kitoblar bilan bir qatorda Geyts 30 million dollardan ziyod pul sarflagan qo‘lyozma ham saqlanadi.

200 kvadrat metr maydondagi kutubxona uzra gumbaz qad ko‘targan. Bu yerda ikki yashirin shkaf o‘rnatilgan, ulardan birida bar bor. Shiftda "Buyuk Getsbi"dan parcha keltirilgan.

Geyts 1994 yilda kimoshdi savdosida 30,8 million dollarga xarid qilgan Lester kodeksi, Leo­nar­do da Vinchining XIV asrdagi qo‘lyozmasi ham shu yerda saqlanadi.

Duxoba o‘rindiqli uy kinoteatri 20 kishiga mo‘ljallangan.

U ar-deko uslubida ta'mirlangan, bu yerda qulay kreslo hamda divanlar va hatto popkorn uchun avtomat mavjud.

Avvalgi uy yangi inshootga joy bo‘shatish uchun barjada olib ketilgan.

Bino 83 kvadrat metr maydonni egallab, sport korti, golf mashqlariga mo‘ljallangan maysazor yonida joylashgan.

Mehmonlarga mo‘ljallangan uy asosiy binodan kam bo‘lmagan tarzda elektronika bilan jihozlangan.

 

Bu yerning o‘z mehmonxonasi, vannaxonasi va keyinchalik asosiy binoda ham qo‘llangan texnologiyalari mavjud. Geyts o‘zining "Kelajakka yo‘l" kitobining aksariyat qismini aynan shu yerda yozgan.

Garajlar umumiy hisobda 23 tagacha avtomobilni sig‘dira oladi.

Hududning turli nuqtalarida bir necha garaj bor. Ularning eng qizig‘i po‘lat va betondan yasalgan g‘ordan iborat. Faqatgina shu garajning o‘ziga 10 tagacha avtomobil sig‘adi.

Uy sohibining sevimli daraxti bor va elektronika 24 soat davomida uning ahvolini nazorat qiladi.

Aytishlaricha, bu - uy yo‘lagi oldida o‘suvchi 40 yillik zarang. Kompyuter tuproq namligini nazorat qiladi va agar u haddan ziyod quruq bo‘lsa, avtomatik ravishda uni sug‘oradi.

Sun'iy havzada baliqlar populyatsiyasi qo‘llab-quvvatlanadi.

Irmoq va serbotqoq estuariy devor bilan to‘silgan hudud drenaj muammolarini hal qilish uchun yaratilgan. U yerda forel va losos baliqlari bor.

Geytsning sohilidagi qum Karib dengizidan keltirilgan.

Barja har yili ko‘l qirg‘og‘iga Sent-Lyusiyadan yangi qum uyumini keltiradi.

Ma'lumki, uni bir reysga ijaraga olish 35 ming dollar turadi.

Microsoft har yili xayriya auksionini o‘tkazadi, uning lotlari xodimlar tomonidan taqdim qilinadi. Yig‘ilgan mablag‘lar kompaniyaning xayriya fondiga tushadi.

O‘tgan yili Geyts «Za­na­du 2.0» bo‘ylab individual ekskursiyalarni savdoga qo‘ydi. Manbaga ko‘ra, Microsoft xodimlaridan biri lot uchun 35 ming dollar to‘lagan.

Mavzuga oid