Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makronning g‘alabasi eng badavlat yevropaliklarga 2,7 milliard dollar keltirdi
Fransiya prezidenti saylovlaridagi ovoz berish jarayonining birinchi bosqichi natijalari e'lon qilinganidan keyin Yevropa fond maydonlaridagi o‘sish eng badavlat yevropaliklarning moliyaviy ahvoli 2,7 milliard dollarga oshishiga olib keldi.
Bloomberg Billionaires Index ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropa bozorlaridagi poyga indeksning yevropalik ishtirokchilari kapitalini 2,6 foizga oshirgan.
Jumladan, eng katta o‘sish Amansio Ortegada kuzatilgan, uning kapitali 24 aprelda 2,7 milliard dollarga oshgan.
23 aprel, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Fransiyadagi prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichi g‘olibi - sotsialist va yevrointegratsiya tarafdori Emmanyuel Makron bo‘ldi. U 23,7 foiz ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni "Xalq fronti" yetakchisi Marin Le Pen egalladi: unga fransuzlarning 22 foizi ovoz berdi. Ikki nomzod ham saylovlarning ikkinchi bosqichiga o‘tdi.
Mavzuga oid
20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi
14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi
21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron
16:40 / 26.05.2025