Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada ayollar orasidagi bandlik darajasi oshmoqda
2016 yilda Turkiyada ayollar orasida bandlik darajasi 28 foizga oshdi, 2015 yilda esa bu ko‘rsatkich 21 foizni qayd etgan. Turkiyaning oilaviy ishlar va ijtimoiy siyosat bo‘yicha vaziri Fatma Betul Sayan Kayya Bakuda bo‘lib o‘tgan "Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish: muammolar va istiqbollar" mavzuidagi konferensiyada shu haqida ma'lum qildi.
"Ayollar mamlakatning nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga hissa qo‘shishadi. Ayollar bor joyda mehr-muhabbat, adolat, demokratiya va erkinlik hukmron", - dedi Kayya.
Vazir kuchli davlat va gullab-yashnayotgan jamiyat barpo qilish uchun, birinchi navbatda, ayollarning mavqeini mustahkamlash kerakligini ta'kidladi.
"Turkiyada ayollarning siyosat va qarorlar qabul qilish mexanizmida yanada faol ishtirok eta olishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda", - dedi Kayya.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiyada ayollar orasidagi bandlik darajasini oshirish uchun zarur qadamlar qo‘yilmoqda.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025