Jamiyat | 21:28 / 25.04.2017
15930
2 daqiqa o‘qiladi

Video: Rossiya shaharlaridan birida sharbat daryo bo‘lib oqdi

Rossiyaning Lebedyan shahrida joylashgan PepsiCo zavodida yuz bergan falokat oqibatida bir necha tonna sharbat shahar ko‘chalariga oqib ketdi. Bu haqda hudud prokraturasi xabar bergan.

Voqea mahalliy vaqt bilan 10:00da (Toshkent vaqti bilan 12:00) yuz bergan. 300 kvadrat metr hududda joylashgan omborning tom qismi qulab tushgan. Ikki kishi jabrlangan. FVVning xabar berishicha, ularning jarohati og‘ir emas.

“Falokat oqibatida bir necha tonna sharbat shahar ko‘chalarida oqib ketdi”, deyiladi prokratura bergan xabarda.  

Voqea joyida Lipetsk viloyatining tabiatni muhofaza qilish prokurori va ushbu soha mutaxassislari ish olib borgan. Dastlabki surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan. 

Ma'lumot o‘rnida: PepsiCo’ning Rossiyada joylashgan ushbu zavodida turli xil sharbatlar, jumladan, “Ya”, “Tonus”, “Fruktovyy sad”, “Tropikana” va “Privet” deb nomlangan mahsulotlar ishlab chiqariladi.

 

Mavzuga oid