Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Antarktidadagi Qonli sharshara siri ma'lum bo‘ldi
Olimlar Qonli sharshara (Blood Falls) deb nomlangan bir asrlik javobi bo‘lmagan holat yechimini topishdi. U Antarktidadagi Teylor muzligidan oqib tushadi. Amerikalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan va Journal of Glaciology’da e'lon qilingan yangi tadqiqot natijalari sizib chiquvchi qizil rangli suv muzlik ostidagi chuqurlikdan kelishi va “yoshi” million yildan ortiq ekanini ko‘rsatib berdi.
Sharshara shunisi bilan mashhurki, vaqti-vaqti bilan muzlikdan qizil suv oqa boshlaydi, bu esa uning tarkibida temir moddasi borligi bilan bog‘liq. Olimlar radar yordamida bu suv manbaini aniqlashga erishishdi. Shuningdek ma'lum bo‘lishicha, bu suv juda sovuq muzlikda ham suyuq holda saqlanib turishi mumkin, avval esa bu imkonsiz, deb hisoblangan.
«Qanchalik g‘ayritabiiy eshitilmasin, suv muzlaganida o‘z issiqligini beradi, hamda u o‘rab turuvchi sovuq muzni eritib yuboradi, - deya aniqlik kiritishdi ilmiy izlanma mualliflari. – Teylor muzligi suyuq suv oquvchi eng sovuq joy sanaladi».
Mavzuga oid
20:10 / 23.03.2025
Olimlar Antarktidadan ajralib chiqqan aysberg ostida faol ekotizim mavjudligini aniqladi
10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda
13:34 / 07.03.2025
Dengiz muzliklarining maydoni tarixiy minimumgacha qisqardi
13:57 / 24.01.2025