Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Janubiy Koreyada THAAD tizimi joylashtirilishidan jiddiy tashvishda
Xitoy Vashington va Seulga Janubiy Koreyada THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish jarayoni boshlangani yuzasidan jiddiy tashvishda ekani va o‘z xavfsizligini himoya qilishi uchun keskin choralar ko‘rishini bildirdi. Bu haqda XXR TIV rasmiy vakili Gen Shuan ma'lum qildi.
Avvalroq Ryonxap agentligi Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi THAAD raketalarni atmosfera ortida tutish o‘ta aniq tizimi uchun qurilma o‘rnatish boshlanganini tasdiqlagani haqida xabar berdi.
"Biz bu xabarlarni jiddiy kuzatib bormoqdamiz. Amerika va Janubiy Koreyaga bu borada tashvishda ekanligimizni bildirdik", - deya ma'lum qildi Gen Shuan brifingda.
Uning ta'kidlashicha, AQSh va Janubiy Koreya xatti-harakatlari Xitoyning strategik xavfsizlik manfaatlariga zid va Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskinlashishiga olib kelmoqda.
"Xitoy o‘z manfaatlarini himoya qilish uchun barcha kerakli jiddiy choralarni ko‘radi" – dedi Gen Shuan.
Uning qayd etishicha, Janubiy Koreyada THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirish mintaqadagi strategik kuchlar nisbatini buzmoqda, hamda Koreya yarim orolida barqarorlik va tinchlik o‘rnatishga xalaqit bermoqda.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025