Fan-texnika | 00:09 / 27.04.2017
11723
2 daqiqa o‘qiladi

NASA: insoniyat o‘zga sayyoralarda hayot borligini kashf qilish ostonasida turibdi

Foto : Shane Kimbrough/NASA

Insoniyat o‘zga sayyoralarda hayot borligini kashf qilish ostonasida turibdi, deb aytdi AQSh kongressida NASA koinot agentligi direktori yordamchisi Tomas Tsurbuxen.

"Biz hayotni qidirish bilan bog‘liq bunday miqdordagi fandagi bunday keng faoliyatda tarixdagi eng muhim kashfiyotlardan birining ochilishi ostonasida turibmiz", deb aytdi Tsurbuxen. 

U NASAning oxirgi bir qator yutuqlari, jumladan Dalv yulduzlar turkumida TRAPPIST-1 yulduzi tizimida Yerga o‘xshash 7 ta sayyora ochilganini aytib o‘tdi. 

Tsurbuxen "Kassini" zondi tomonidan Yupiter yo‘ldoshi Yevropa va Saturn yo‘ldoshi Entseladdagi muzosti okeanlarida vodorod bo‘lishi mumkinligidan darak beruvchi dalillar ochilganini eslatib o‘tdi.   

"Biz boshqa yerlarda hayot borligining aniq izlarini topmagan bo‘lsak-da, olimlarimiz yaxshi taraqqiyotga erishmoqdalar, astrobiologlar esa NASAning borgan sari ko‘proq missiyalarida ishtirok etmoqdalar", deb ta'kidlab o‘tdi Tsurbuxen.

Uning aytishicha, NASA Yerda hayotning qanday paydo bo‘lgani va rivojlanganini, qanday sharoitlar Koinotning hududlarini hayotning rivojlanishiga qodir qila olishini tushunishga qaratilgan tadqiqotlarni faollik bilan qo‘llab-quvvatlaydi.  

Mavzuga oid