Jahon | 17:14 / 28.04.2017
3683
2 daqiqa o‘qiladi

Davlat departamenti dunyo bo‘ylab xodimlari sonini 10 foizga qisqartiradi

Foto: AP

AQSh davlat departamenti mamlakat ichkarisi va xorijda ishlayotgan diplomatlar va xizmatchilar sonini 2300 nafar kishiga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Bloomberg agentligining o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qilishicha, bu Amerika tashqi siyosat mahkamasi umumiy xodimlarining 9 foizga yaqinini tashkil etadi. 

Ma'lumotlarga qaraganda, bu qaror Reks Tillersonning davlat departamenti tuzilmasini optimallashtirish rejasini aks ettiradi. Bu tuzilma Barak Obama vaqtida sezilarli kengaygan edi. Ushbu talablar AQShning hozirgi davlat rahbari Donald Trampning federal hukumat xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha talablariga mos keladi. 

Agentlik asoslanayotgan manbalarga ko‘ra, "aksar qisqarishlar, ya'ni 1700ga yaqini bo‘sh qolgan ish o‘rinlariga yangi xodimlar olinmasligi hisobiga amalga oshiriladi". "Qolgan 600 o‘rin tovon puli to‘lash bilan amalga oshiriladi", - deya aniqlik kiritgan agentlik suhbatdoshlari. 

Tramp 27 aprel kungi chiqishida davlat departamentiga "juda ko‘p odam kerakmas"ligini aytgan edi. "Biz federal boshqarmalardagi barcha bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirmaymiz", - degan davlat rahbari. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid