O‘zbekiston | 17:29 / 28.04.2017
16140
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston MXX 205 kgdan ortiq giyohvand moddalari kontrabandasiga chek qo‘ydi

O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi 2016 yilda 205 kg 161 gr turli xil giyohvand va 317 gramm psixotrop moddalarning mamlakat orqali kontrabandasiga chek qo‘ydi. Jumladan, 1 kg 965 gr geroin, 129 kg 906 gr opiy xom ashyosi, 46 kg 146 gr ko‘knori, 27 kg 144 gr gashish chegaralarda ushlab qolingan. 

MXX rasmiy vakili Lola Yulchibayevaning Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda ma'lum qilishicha, davlat chegaralarini qo‘riqlashda chegara oldi hududlarida yashayotgan fuqarolar, shuningdek, chegara qo‘shinlariga ko‘maklashadigan “Chegara posbonlari” guruhlarida xizmat qilayotgan faollar yordam berishmoqda.

Ular ko‘magida chegarani buzib o‘tgan 214 nafar va chegara tartibini buzgan 803 nafar shaxs qo‘lga olingan. Qiymati 1,2 mlrd so‘mdan ziyod tovar-moddiy boyliklar, 51ta ov miltig‘i va 16 kg giyohvand moddalar shunday faollar ko‘magida musodara qilingan.

Mavzuga oid