Jahon | 12:03 / 28.04.2017
23694
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya Trampning THAAD uchun to‘lov talab qilishiga javob qaytardi

Janubiy Koreya THAAD tizimidan foydalanish uchun koreyslar AQShga emas, AQSh Koreyaga pul to‘lashi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda Koreya Respublikasi milliy mudofaa vazirligi bayonot bilan chiqqan.

"Yonhap" agentligi tomonidan keltirilgan vazirlik bayonotida aytilishicha, Janubiy Koreya o‘zining «asosiy pozitsiyasi»ni o‘zgartirmagan — mamlakat hukumati AQShga raketaga qarshi THAAD tizimini joylashtirish uchun o‘z hududini taqdim etmoqda, xolos. AQSh uni o‘rnatish va boshqarish uchun javobgarlikni zimmasiga oladi.

Bundan oldinroq Tramp Seulga Koreya hududiga THAAD raketaga qarshi mudofaa tizimi o‘rnatilgani uchun 1 milliard dollar to‘lov uchun hisob yubormoqchi ekanini aytgani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid