Andijonda ikkinchi jahon urushi faxriylariga Prezident sovg‘alari topshirildi
“Xotira va qadrlash kuni” oldidan Andijon viloyatining barcha tumanlarida ikkinchi jahon urushi qatnashchilari hamda mehnat faxriylariga chuqur ehtirom ko‘rsatilib, tantanali tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Bugun 28 aprel kuni viloyatda yashab kelayotgan 82 nafar ikkinchi jahon urushi faxriysiga Prezidentimiz tomonidan yuborilgan sovg‘alar topshirildi.
Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov sovg‘alarni topshirish marosimlarida har bir faxriy nomiga jo‘natilgan Prezident tabrigini o‘qib eshittirib, yurt tinchligi, ravnaqi uchun kurashgan kishi el ardog‘ida bo‘lishi haqida so‘zladi.
- Bugun tinch, farovon, keksalarini qadrlagan yurtda umrguzaronlik qilayotganimdan behad xursandman,- deydi Maslahat qishlog‘ilik to‘qson to‘rt yoshni qarshilagan urush qatnashchisi Halimjon ota Yo‘ldoshev. – Yurtboshimiz tomonidan berilgan sovg‘alarni oldik. Qo‘llarimiz duoda, hech urush ko‘rmanglar bolalarim.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
20:54 / 26.11.2024
Davlat budjetining 9 oylik ijrosi. Defitsit – 36 trln so‘m
15:56 / 25.11.2024
Andijon davlat texnika instituti tashkil etiladi
07:40 / 25.11.2024
Ikki tumanda 966 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanildi
22:05 / 23.11.2024