Light | 14:34 / 29.04.2017
32900
1 daqiqa o‘qiladi

Har kuni iste'mol qilish kerak bo‘lgan uch mahsulot

Amerikalik shifokorlar har bir inson har kuni albatta iste'mol qilishi darkor bo‘lgan uchta mahsulot nomini aytishdi.

Olma

Har kuni iste'mol qilish zarur bo‘lgan eng muhim mahsulotlardan birinchisi olmadir. U antioksidant xususiyatlarga ega tabiiy kimyoviy moddalarga juda ko‘p. Bundan tashqari, u saratonning ba'zi bir turlari va yurak-qon tomir kasalliklarini oldini olishda samarali.

Sabzi

Tibbiyot xodimlari so‘zlariga ko‘ra, sabzi moddalar almashinuvi tizimiga ijobiy ta'sir ko‘rsatib, ichak faoliyatini faollashtiradi.

Grek yong‘oqlari

Bu mahsulot qon bosimi va xolesterin miqdorini barqarorlashtiradi.

Parhezshunoslarning fikricha, yuqoridagi uch mahsulot organizm hujayralarini tabiiy tiklovchilar bo‘lib, shuningdek ular ochlik hissini yo‘qotadi, organizmni kerakli vitaminlar va antioksidantlar bilan ta'minlaydi. Bundan tashqari, sabzi va yong‘oqlarni yilning istalgan davrida bemalol iste'mol qilish mumkin.

Mavzuga oid