Fotojamlanma: O‘zbekiston bo‘ylab ommaviy yugurish g‘oliblari aniqlandi
Joriy yilning 29 aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Salomatlik sari” respublika ommaviy yugurish tadbiri o‘tkazildi. Haqiqiy sport bayrami tusini olgan mazkur ommaviy yugurish tadbirlarida mamlakat miqyosida 30 ming 300 nafardan ortiq ortiq ishchi-xodim va yoshlar ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qizg‘in va do‘stona bellashuvlar ostida o‘tgan ommaviy yugurish tadbiriga turli soha xodimlari, ularning oila a'zolari, el ardoqlagan taniqli san'atkorlar, kino va teatr aktyorlari, aholi vakillari, mahalla faollari, faxriylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Marafon ishtirokchilari bo‘lgan xotin-qizlar va erkaklar 18 yoshdan 30 yoshgacha, 30 yoshdan 45 yoshgacha hamda 45 yosh va undan yuqori yoshdagi toifalarda guruhlarga bo‘lingan holda belgilangan yo‘nalishni bosib o‘tishdi.
Ommaviy yugurish tadbirlarining erkaklar va ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqalarida g‘olib bo‘lib, yosh toifalari bo‘yicha 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilar O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining maxsus diplom va sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shuningdek, ommaviy yugurish tadbirida qo‘shimcha nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar ham aniqlanib, munosib rag‘batlantirildi. Xususan, erkak va ayollar o‘rtasida “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi”, “Eng yosh ishtirokchi”, “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” nominatsiyalari bo‘yicha g‘olib bo‘lgan havaskor yuguruvchilarga Kasaba uyushmalari Federatsiyasining rag‘batlantiruvchi mukofotlari topshirildi.
Ushbu ommaviy yugurishda 18-30 yosh toifasida birinchi o‘rinni Ismoilov Nurbek va Ovganova Ozoda qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin O‘tkirov Baxtiyor hamda Farafonova Valeriyaga nasib etdi. Ushbu yo‘nalishda uchinchi o‘rin egalari sifatida Asadov Behruz va Qurbonova Navro‘za tilga olindi.
30-45 yosh toifasida esa Sobirov Alimardon va Kornilova Albina birinchi o‘rin sohiblari bo‘lishdi, Abduvaliyev Dumabay va Saynikova Aleksandra esa ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Uchinchi o‘rin Rashidov Sherzod va Rahimova Dilfuzaga nasib etdi.
Shuningdek, 45 va undan yuqori yosh toifasida Xoshimov Shavkat hamda Ismoilova Lobar birinchi bo‘lishdi. Mahmudov Viktor va Ergasheva Farida esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalanishdi. Yakubov Ilhom va Ushanskaya Nadejdaga uchinchi o‘rin nasib etdi.
Bundan tashqari, “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi” nominatsiyasida Mamatkulov Zakir, Melibayev Abdurashid va Matyakubova Kumush g‘olib bo‘lishdi. “G‘alabaga bo‘lgan intilishi uchun” nominatsiyasida Kirshin Maksim va Amirova Zamira yetakchi bo‘ldi. “Eng yosh ishtirokchi” nominatsiyasida esa Silchenkov Igor va A'zamova Gulnora yaxshi deb topildi.
Mavzuga oid
16:40
“42 km yugurish unga cho‘t emas” – 54 yoshida marafon chempioni bo‘lgan yangibozorlik o‘qituvchi
17:10 / 26.10.2024
Inson matonati – 61 yoshida supermarafonda g‘olib chiqqan avstraliyalik cho‘pon
10:50 / 14.10.2024
Keniyalik sportchi marafonda yangi jahon rekordini o‘rnatdi
22:50 / 08.10.2024