O‘zbekiston | 12:43 / 30.04.2017
15164
1 daqiqa o‘qiladi

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Norma

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisiga o‘rinbosar tayinlandi.

UzDaily xabariga ko‘ra Sohib Saifnazarov mazkur vazifaga tayinlangan.

U shu kunga qadar «Angren» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgandi.

Foto: Sherzod Shermatov va Sohib Saifnazarov

Eslatib o‘tamiz, fevral oyida prezident farmoni asosida «O‘zavtoyo‘l» (O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) o‘rnida O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etilgandi. 

Mart oyida Abdurahmon Abduvaliyev O‘zbekiston Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi raisi, Shuhrat Nazarov esa uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.

Mavzuga oid