"Aeroflot" samolyotining "havo o‘rasi"ga tushishi oqibatida 20 yo‘lovchi jarohat oldi
"Aeroflot" aviakompaniyasining Moskvadan Bangkokga uchayotgan samolyoti "havo o‘rasi"ga tushishi oqibatida kamida 20 yo‘lovchi jarohat oldi. Bu haqda Rossiyaning Tailanddagi elchixonasi xodimi Vladimir Sosnovga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi xabar bermoqda.
"Jabrlanganlar ko‘plab sinish jarohatlari olganlar. Ular orasida ham rossiyaliklar, ham xorijliklar bor. Ko‘rinishicha, xavfsizlik kamarini taqmaganlar jarohat olganlar", deb aytmoqda diplomat. Uning aytishicha, voqea samolyot Bangkokga yaqinlashayotib pastlayotganda yuz bergan. Odamlar boshlari bilan samolyot shiftiga urilishlari oqibatida shikastlanganlar.
Barcha jarohatlanganlar Bangkokdagi shifoxonalarga yetkazilganlar. Jarohat olgan rossiyaliklarga tegishli konsullik yordami berish uchun shifoxonalarga elchixona xodimlari yuborilgan.
Samolyot qo‘nishni amalga oshirgan Suvannapxum aeroportida esa 25 kishi jarohat olgani ta'kidlandi. Ulardan 19 nafari shifoxonaga olib ketilgan, qolganlar esa tegishli yordamni olgach, shifoxonaga borishni rad etganlar.
"Havo o‘rasi" deb, osmondagi bosim o‘zgarishlariga aytiladi. Bunday o‘raga tushgan samolyot birdaniga pastga sho‘ng‘iydi, chunki pastlayotgan havo oqimi uni sho‘ng‘itadi, yuqorilayotgan havo esa uni yuqoriga ko‘taradi, ya'ni samolyot pastga-yuqoriga itqitilaveradi. Ushbu noxush holat samolyot o‘radan chiqib ketguncha davom etadi.
Mavzuga oid
15:29 / 09.11.2024
Myunxen: "Aeroflot" laynerining 2 yil saqlangani 460 ming yevroga tushdi
21:12 / 24.08.2024
Toshkentdan Moskvaga uchgan samolyot nosozlik tufayli aeroportga qaytdi
23:28 / 13.08.2024
«Aeroflot»ni millionlab dollarga ehtiyot qism va’da qilib, ikkinchi bor chuv tushirishdi
20:01 / 21.03.2024