Fan-texnika | 23:36 / 01.05.2017
14104
3 daqiqa o‘qiladi

Lexus sedanlarning kuni bitganini bashorat qildi

Foto: kolesa.ru

Toyota Motor Company’ning brendlarni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Tokuo Fukuichi avtomobillarning kelajagi borasidagi o‘z fikrlarini bayon etib, sedanlar «yo‘q bo‘lib» ketmasligi uchun nimalar qilish lozimligi haqida gapirdi.

«Yana qandaydir muddatdan so‘ng uch hajmli sedanlar yo‘qlikka yuz tutadi, — dedi top-menejyer, — chunki insonlar aql bilan ish tutib, tobora keng sath va baland o‘rindiqli krossoverlarga mehr qo‘ya boshlashadi». Biroq bu sedanlar uchun hammasi yakun topadi degani emas, faqat ularning konsepsiyasi o‘zgartirilishi lozim ekan.

Foto: Yangi Lexus LS 500

Foto: kolesa.ru

Fukuchining aytishicha, hashamatli sedanlar «kamroq formal» bo‘lishi kerak, shu sababli Detroytda taqdim etilgan so‘nggi Lexus LS fastbek shakliga o‘xshashroq shaklda yasalgan. «Endi qimmatbaho avtomobillar xaridori mashinaga futbolka va jinsi shimda o‘tirishi mumkin, uning haydovchisi esa uchlik kostyumda, aynan shu sababli biz an'anaga aylanib qolgan sedanlardan qochishimiz kerak», — deydi Fukuichi. U «o‘tkir» rulga ega dinamik ko‘rinishdagi mashinalar ishlab chiqarish mantiqliroq ekanligini aytgan.

Foto: Lexus LC 500.

Foto: kolesa.ru

Fukuichi kupening sportcha ko‘rinishini eng yaxshi deb ta'riflagan va bunday yuqori chaqqonlik kompaniyaning sedanlarida ham bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi.

«Toyota» konsernining brendlarni rivojlantirish bo‘yicha rahbari Leksus model qatorida universalni ham ko‘rishni istaydi. U SUV sigmentidagi avtomobillar singari baland bo‘lmasligi kerak, biroq odatdagi universallar kabi qisqa ham emas. «Agar bizda resurslar yetarli bo‘lsa, shunday avtomobil yaratish ustida ish boshlaymiz va u oddiy avtomobil bo‘lmaydi», — degan top-menejyer.

Mavzuga oid