Sport | 18:33 / 02.05.2017
12197
1 daqiqa o‘qiladi
Asqar Tolibjonov rahbarligidagi terma jamoalar markazi faoliyati tugatildi
O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi Prezidenti Mirabror Usmonovning buyrug‘iga asosan O‘zbekiston terma jamoalar markazining faoliyati tugatildi. Bu haqda Tribuna.uz xabar berdi.
Terma jamoalar markazi 2009 yilda tashkil qilingan va o‘sha yilning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan edi.
Kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan arizalar terma jamoalar markazini tugatish haqidagi e'lon chiqqan vaqtdan boshlab 2 oy davomida qabul qilinadi.