Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:34 / 02.05.2017
10225
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazadi
Foto: people.com
AQSh prezidenti Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon muloqoti o‘tkazmoqchi. Bu haqda Oq uyga iqtibos keltirgan holda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Prezidentlarning muloqoti 2 may Moskva vaqti bilan soat 19:30da o‘tkazilishi belgilangan.
Bu Trampning inauguratsiyasidan keyin Putin bilan uchinchi muloqoti bo‘ladi. Ular o‘rtasidagi ilk muloqot yanvarda, ikkinchisi esa aprelda bo‘lib o‘tgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish