Sport | 23:53 / 02.05.2017
6481
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov jamoasi bilan Rossiya kubogida g‘alaba qozondi

Foto: Lokomotiv PFK

Rossiya kubogining finali doirasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Lokomotiv» «Ural»ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuv Sochidagi «Fisht» stadionida bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvning 76-daqiqasida Igor Denisov hisobni ochgan bo‘lsa, Aleksey Miranchuk so‘nggi daqiqada farqni ikkitaga yetkazdi. Uchrashuvning 94-daqiqasida ikki jamoa futbolchilar ommaviy janjallashib ketishdi va natijada uchrashuv hakami Aleksey Nikolayev  to‘rt nafar futbolchini maydondan chetlatdi.

Ammo bu «Lokomotiv»ning kubokda zafar quchishiga xalaqit qila olmadi. Ushbu sovrin «temiryo‘lchilar»ning Rossiya kubogidagi yettinchi bosh sovrinni qo‘lga kiritishi bo‘ldi va bu orqali TsSKA rekordi bilan tenglashib olishdi.

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov uchrashuvda to‘liq 90 daqiqa mobaynida maydonda harakat qildi.

Rossiya kubogi. FINAL

Ural – Lokomotiv 0:2 (0:0)
Gollar: Igor Denisov (76), Miranchuk (90).
Ural: Zabolotnyy, Dantsev, Novikov, Balajits, Tabidze, Dimitrov, Bikfalvi, Yemelyanov, Lungu, Pavlyuchenko, Ilin.
Lokomotiv: Gilerme, Vitaliy DeNISOV, Peychinovich, Kverkveliya, Denisov, Tarasov, Fernandesh, Ignatev, Maykon, Miranchuk, Ari.
Chetlatishlar: Fidler (90+6), Manucharyan (90+6) – Farfan (90+6), Ari (90+6).

Mavzuga oid