Jamiyat | 11:42 / 03.05.2017
37741
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Shomahmudovlar oilasi haykali qachon ochilishi ma'lum (foto)

Toshkent shahrining Xalqlar do‘stligi (sobiq Bobur nomidagi) bog‘ida temirchi Shomahmudovlar oilasiga bag‘ishlangan haykalni o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. U bog‘ning eng oxirida, “Dunyo qo‘ng‘irog‘i”dan chapda joylashadi. Bu haqda Nuz.uz xabar berdi.

Ushbu bosqichda quruvchilar haykal asosi uchun poydevorni tayyorlashmoqda. Aytilishicha, haykalga to‘rt tomondan – trotuar yo‘laklari yoki zinalar orqali borish mumkin bo‘ladi. Eng keng, markaziy zina uzunligi besh metrga teng bo‘ladi.

Monument kechki vaqtlarda to‘rt tomondan ham yoritib turiladi. Shuningdek, gullar qo‘yishga mo‘ljallangan asos ham o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Foto:  Nuz.uz

Haykal shakllari “Istiqlol” saroyi yonidagi maydondagi ilk variant bilan o‘xshash bo‘ladi.

Foto:  Nuz.uz
Foto:  Nuz.uz

Xabarga ko‘ra, obekt joriy yilning 7 may kuni topshiriladi. Respublika Baynalmilal madaniyat markazi ma'lumotiga ko‘ra, aynan o‘sha kuni haykalning ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmat va Bahri Shomahmudovlar oilasi haykali poytaxtga qaytarilishi haqida xabar bergandik.

Mavzuga oid