Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mushtlar bilan kelgan sovrin: «Lokomotiv» va «Ural» uchrashuvi ommaviy janjal bilan tugadi
Internetda «Ural» va «Lokomotiv» jamoalari futbolchilari o‘rtasida Rossiya Kubogi uchun kechgan bahs yakunida ro‘y bergan ommaviy mushtlashuv tasvirlari paydo bo‘ldi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limiga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda (bu vaqtda moskvaliklar jamoasi 2:0 hisobida oldinda edi) maydonda mushtlashuv boshlanib ketdi.
Keyinroq janjallashayotganlar ajratilgan va hakam asosiy aybdorlarga qizil kartochkalar ko‘rsatgan: «Ural» safidan Artyom Fidler va Edgar Manucharyan, «Lokomotiv» tarkibida Jyefferson Farfan va Ari maydondan chetlatilgan.
R-Sport xabariga o‘yin yakunida ikki jamoa muxlislari o‘rtasida ham tribunalarda mojaro ro‘y bergan. Ziddiyat politsiya aralashuvi orqali bartaraf etilgan, jarohatlanganlardan biri shifoxonaga yetkazilgan.
Sochidagi «Fisht» stadionida kechgan uchrashuvda moskvaliklar jamoasi yekaterinburgliklar jamoasini 2:0 hisobida mag‘lub etib, Rossiya kubogi egasiga aylandi.
Mavzuga oid
20:17 / 03.08.2023
Tomoshabinlar antirekordi qayd etilgan OKMK – «Lokomotiv» o‘yinidan fotojamlanma
16:59 / 25.11.2022
«Turon» Superligaga yo‘llanma oldi, «Lokomotiv» Pro ligaga ravona bo‘ldi
16:52 / 29.10.2022
Toshkent hal qiladi: Chempionlik 21 yil o‘tib, poytaxtdan tashqariga chiqadimi?
18:24 / 25.10.2022