Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA Messini kechirdi
"Barselona" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messining diskvalifikatsiyasi bekor qilindi. Bu haqda Tribuna.uz sayti xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, tartib intizom qo‘mitasi Argentina futbol federatsiyasi bergan apellyatsiyadan keyin vaziyatni o‘rganib chiqqan va yetarlicha faktlar bo‘lmagani sabab, Messining diskvalifikatsiyasi bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi JCh-2018 saralash bosqichi doirasidagi Chili terma jamoasiga qarshi uchrashuvda qanot hakamini haqorat qilgani uchun to‘rtta uchrashuvga diskvalifikatsiya qilingandi. Messining o‘zi bu ayblovlarni rad etgan va o‘ziga-o‘zi so‘kinganini aytgandi.
Ma'lumot uchun Lionel Messi diskvalifikatsiya sabab Boliviyaga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.
Mavzuga oid
14:49 / 23.11.2023
O‘zbekiston o‘smirlari Angliyani JChdan chiqarib yubordi. Navbatda Fransiya
14:47 / 03.11.2023
Rasman: O‘zbekiston U20 jamoasi a’zosi OFK tomonidan 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi
16:39 / 18.01.2021
Messi «Barselona»da ilk bor «qizil» oldi. Bunga qanday reaksiya bo‘ldi va u qancha vaqtga diskvalifikatsiya qilinadi?
14:55 / 30.11.2020