Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venetsiyada shaurmaga qarshi kurash boshlandi
Italiyaning Venetsiya shahri ma'muriyati shahar ko‘chalarida shaurma sotish bo‘yicha yangi savdo nuqtalari ochish hamda kesilgan pitssalar sotiluvchi umumovqatlanish joylari sonini chekladi. Buyuk Britaniyaning The Guardian nashri shu haqda yozmoqda.
Shaurma sotuvchi yangi savdo nuqtalari ochishni taqiqlovchi qonun shu kunlarda kuchga kirgan bo‘lib, u shaharning madaniy merosini saqlashga qaratilgan.
"Biz Venetsiya madaniy merosini saqlashga mos kelmaydigan faoliyat turlarini cheklash niyatidamiz", — degan shahar turizm departamenti rahbari Paola Mar.
Italiyaning qadimgi shaharlaridan biri bo‘lgan Venetsiya har yili millionlab sayyohlarni qabul qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, shaharga kuchli ta'sir etadi. Shunga binoan, shahar ma'muriyati Venetsiyaning o‘ziga xosligini saqlab qolish uchun turli choralar ko‘rishga majbur bo‘ladi. Avvalroq, fast-fudlarni cheklash choralari Veron va Florentsiya shaharlarida ham joriy etilgan edi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
14:59 / 27.05.2025
O‘zbekiston–Italiya: 33 yillik munosabatlarga nazar
10:02 / 26.05.2025
Jorja Meloni 28-29 may kunlari O‘zbekistonga keladi
12:13 / 21.05.2025