Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Venesuelada namoyishchilar Ugo Chavesning haykalini qo‘porib tashladilar
Venesuelaning shaharlaridan birida namoyishchilar mamlakatning sobiq prezidenti Ugo Chavesga qo‘yilgan haykalni qo‘porib tashladilar. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Vilya-del-Rosario shahrida yuz bergan.
Chaves 2013 yil martida 58 yoshida Karakasdagi harbiy gospitalda saraton kasalligidan vafot etgandi. U mamlakatni 1999 yildan to o‘limigacha boshqargan.
Avvalroq Venesuela prokuraturasi bir oydan beri davom etayotgan namoyishlar davomida 35 kishi halok bo‘lgani va 700 dan ko‘proq odam jarohat olganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 01.06.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
19:56 / 13.05.2025
Italiyalik ijodkorning ko‘rinmas haykali 18 ming dollarga sotildi
17:35 / 21.04.2025
Salvador prezidenti venesuelalik noqonuniy migrantlarni «siyosiy mahbuslar»ga almashmoqchi
15:39 / 20.04.2025