Sport | 12:10 / 07.05.2017
24123
1 daqiqa o‘qiladi

«Barselona»ni kim boshqarishi aniq

Foto: twitter.com/@sovsport

«Barselona» vitse-prezidenti Jordi Mestre Luis Enrike jamoani tark etgach, uning o‘rnini kim egallashi bo‘yicha savolga javob qaytardi.

«Biz allaqachon jamoani kim boshqarishini aniqlab olganmiz. Faqat Luis Enrikega bo‘lgan hurmatimiz sabab, uni ommaga e'lon qilmayapmiz», – deya Mestrening so‘zlarini keltiradi TV3.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq jamoa bosh murabbiyligi uchun  Xuan Karlos Unsue (Enrike yordamchisi), Ernesto Valverde («Atletik»), Ronald Kuman («Everton») va Loran Blan (sobiq «PSJ») nomzodlari ko‘rib chiqilayotgani xabar qilingandi.

«Atletik» bosh murabbiyi Ernesto Valverde esa Bilbaoni mavsum yakuniga yetgach, tark etishi va kataloniyaliklar rahbariyatining javobini kutayotgani haqida xabarlar chiqqandi.

Mavzuga oid