Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik harbiylar Afg‘onistonda IShID yetakchisi yo‘q qilinganini tasdiqlashdi
IShID terrorchilik guruhi yetakchisi Abdul Hasib Afg‘oniston va AQSh harbiylarining 27 apreldagi birgalikdagi operatsiyasi davomida yo‘q qilingan. Bu haqda AQSh qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi qo‘mondoni Jon Nikolsonga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.
"Bu muvaffaqiyatli birgalikdagi operatsiya IShIDni yo‘q qilish bo‘yicha kampaniyamizda muvaffaqiyatga erishishimizdagi navbatdagi qadamdir", deb aytdi Nikolson.
Avvalroq Hasibning yo‘q qilinganini Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani ma'lum qilgandi.
Afg‘oniston hukumati Hasibni mamlakatda bir necha teraktlarni tashkillashtirishga aloqador deb hisoblagan. Ma'lum qilinishicha, aynan Hasib Kobuldagi harbiy gospitalga hujum qilishga buyruq bergan. Bu hujum oqibatida o‘nlab tibbiyot xodimlari halok bo‘lgandi.
Mavzuga oid
21:58 / 21.05.2025
AQSh «Tolibon»ning terrorchi tashkilot maqomini qayta ko‘rib chiqadi
15:06 / 15.05.2025
O‘zbekiston Afg‘onistondan chorva mollarini import qilishi mumkin
17:22 / 14.05.2025
Afg‘oniston O‘zbekistonga Hirot oq marmarini sovg‘a qildi
17:47 / 12.05.2025