Jahon | 23:48 / 08.05.2017
3266
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada shifoxona devori qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi

8 may kuni Keniyaning Mombasa shahridagi shifoxonalardan birining devori kuchli yomg‘irlar tufayli qulashi oqibatida 6 kishi, jumladan 4 nafar bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

"Halok bo‘lganlar orasida 5 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 4 bola va ularning onasi bor. Yana bir qurbon mahalliy tadbkirkordir", deb ma'lum qildi shahar politsiyasi vakili Lukas Ogara.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, barcha halok bo‘lganlar shifoxona yonidagi qo‘shni uylarda yashashgan. Uylar devor qulashi oqibatida vayron bo‘lgan. 

Jalalar shuningdek shahardagi ko‘prikning toshqin ostida qolishiga va Mombasani kurortlari bilan ma'lum bo‘lgan Lamu va Malindi shaharlari bilan bog‘lovchi yo‘lning yopilishiga olib kelgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid