Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoylik erkak 18 kishini pichoqladi
Xitoy shimolida joylashgan Chanchun shahrida 50 yoshli erkak 18 kishini pichoqladi. Bu haqda The Economic Times nashri yozmoqda.
Ta'kidlanishicha, yaralanganlarning hayotiga hech narsa tahdid solgani yo‘q. Jinoyatchi Vang Yunvey qarindoshlarining so‘zlariga ko‘ra, u avval ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolangan.
Ayni vaqtda Yunvey qamoqqa olingan. Politsiya voqea sabablarini va qanday yuz berganini o‘rganmoqda.
Nashrning yozishicha, XXRda o‘qotar qurolga ega bo‘lish va olib yurish taqiqlangan. So‘nggi vaqtlarda, pichoq bilan qurollangan kishilarning hujum qilish hollari ko‘plab sodir bo‘lmoqda.
Xususan, yanvar oyida erkak kishi Xitoyning Pinsyan shahridagi bolalar bog‘chasi hududiga kirib, bolalarga pichoq bilan tashlangan edi. Buning natijasida 11 nafar bola shifoxonaga yotqizilgandi.
2016 yil noyabr oyida Xanchjun shahrida pichoq bilan qurollangan shaxs boshlang‘ich maktabning 9 nafar o‘quvchisini yaralagandi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025