Sport | 21:26 / 10.05.2017
9648
1 daqiqa o‘qiladi

«Sho‘rtan» FIFA talab qilgan qarzlardan qutildi

«Sho‘rtan» klubi  rahbariyati FIFA talabini bajargan holda futbolchi oldidagi qarzdorligini to‘liqligicha bartaraf etdi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar tarqatdi.

Eslatib o‘tamiz, FIFA «Sho‘rtan» klubining qarzdorligi borasida O‘FFga rasmiy xat yuborgan va klub qarzlarini to‘lamagan holatda esa jamoaning bu mavsumda qanday natijani qayd etishidan qat'i nazar "oq bo‘rilar"ni kelasi yilgi mavsumda quyi ligaga tushirib yuborish talabini qo‘ygan edi.

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, g‘uzorliklar rahbariyati bu talabni to‘liq bajargan.

Mavzuga oid