Sport | 12:10 / 11.05.2017
28170
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Torres Ronalduni haqoratladi

YeChL yarim finalining javob uchrashuvida «Real» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Atletiko» hujumchisi Fernando Torres o‘rtasida kichik ziddiyat yuzaga keldi.

Marca nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining harakatlaridan norozi bo‘lgan Torres unga yaqinlashgan va «Senga nima bo‘lyapti, masxaraboz?» degan. 

Ronaldu esa «Sen musobaqadan chiqib ketasan va uyga borasan, ahmoq» deya javob qaytargan. Shundan so‘ng Torres uni yanada qattiqroq haqorat qila boshlagan. Ularning o‘rtasiga uchrashuv hakami Junayt Chaqir tushgach, tomonlar ajrashgan.

«Atletiko» o‘z maydonida «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi, ammo bu finalga chiqish uchun kamlik qildi, birinchi uchrashuvdagi 3:0 hisobidagi g‘alaba Zidan shogirdlari finalga yo‘l olishini ta'minladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid