Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziyadagi sohil bo‘yida ulkan o‘lchamdagi noma'lum mahluq jasadi topildi
Indoneziya janubidagi sohil bo‘yida ulkan o‘lchamdagi noma'lum mahluq jasadi topildi. Bu haqda The Daily Mirror nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kelib chiqishini o‘rnatishning iloji bo‘lmagan mahluqning chiriyotgan jasadini 37 yoshli Arsul Tuanokota Seram orolining shimoliy sohilida aniqlagan. Uning aytishicha, u dastlab dengiz mahluqini sayozlikka botib qolgan qayiq deb o‘ylagan.
Mahluqning jasadi uzunligi 15 metrni, eni 2 metrni tashkil qilgan. Ma'lum fursatdan keyin mahluqni o‘z qo‘zlari bilan ko‘rish uchun bu yerga mahalliy aholi oqib kela boshlagan. Ulardan ba'zilar bu jasad ulkan kalmar yoki kitga tegishli bo‘lishi mumkinligini taxmin qilishgan.
Mahalliy aholi hukumatga sohildan yoqimsiz hid tarqatayotgan jasadni olib tashlash iltimosi bilan murojaat qilishgan. Ta'kidlanishicha, okeanshunoslar jasad to‘qimalaridan namunalar olishga ulgurishgan.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025