Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada “odam savdosi” bilan shug‘ullangan o‘zbekistonlik ushlandi
Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekiston tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan fuqaro qo‘lga olindi. Ayni vaqtda, u O‘zbekistonga ekstraditsiya qilinish masalasi hal etilishini kutmoqda.
Samara viloyatining Chapayev shahridagi «Texprom Povoljya» MChJda shahar prokuraturasi Rossiya IIV hamda FXX hududiy boshqarmalari bilan hamkorlikda o‘tkazgan qo‘shma tadbir natijasida O‘zbekistonning 45 yoshli fuqarosi qo‘lga olingan. U halqaro qidiruvga berilgan bo‘lgan, deb xabar qilmoqda huquqni himoya qilish idorasi.
Muhojir O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining «Ikki yoki undan ko‘p odamlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasidan olib o‘tish, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni olib qo‘yish bilan birga sotish» moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.
Chapayev shahar sudi qaroriga ko‘ra, hibsga olingan shaxs O‘zbekiston Respublikasiga ekstraditsiya qilish qarori qabul qilinguncha qamoqda saqlanadi.
Mavzuga oid
00:30 / 27.05.2025
Toshkentda 22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga olib ketmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi
21:16 / 26.05.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ikki ayol O‘mondan ekstraditsiya qilindi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
16:22 / 20.05.2025