Tuxumlarni muzlatgichning qaysi joyida saqlagan ma'qul?

Foto:dailymail.co.uk
Britaniya ekspertlari tuxum muzlatgichning aynan qaysi joyida yaxshi saqlanishi to‘g‘risida ma'lumot berishdi. Daily Mail shu haqdagi xabari bilan bo‘lishdi.
Ularning fikricha, muzlatgich eshiklari - tuxumlarni saqlash uchun eng nomunosib joy. Ularni muzlatgichning doimiy muqobil harorat bo‘ladigan o‘rta qatorida saqlash maqsadga muvofiqdir. Manbada ta'kidlanishicha, bu masala muhokamasi dastlab turli munozaralarni keltirib chiqargan, biroq oxir-oqibat ekspertlar bu borada bir qarorga kelishgan.
Good Housekeeping jurnali mutaxassislari fikricha, tuxumlarni muzlatgichning o‘rta qatorida original qadoqlarda saqlagan ma'qul.
Qandolatchilarning fikricha esa, tuxumlarning muzlatgich eshigida saqlanishiga yo‘l qo‘yish kerak emas. Muzlatgich eshigini hadeb ochib-yopish tuxum oqsiliga ta'sir qilishi, boshqa mahsulotlar hidining tuxumga o‘tishiga olib kelishi mumkin.
Britaniyaning Tuxumlar haqidagi axborotlar sayti (The British Egg Information Service) uy bekalariga tuxumlarni qutilarda, 20 darajadan past bo‘lgan haroratda hamda o‘tkir hidli mahsulotlardan uzoqroq saqlashni tavsiya qiladi. Tuxumlarni past haroratda saqlash boshqa jihatlar bilan bir qatorda salmonellez qo‘zg‘atuvchisining ko‘payish xavfini yo‘q qiladi.
Mavzuga oid

01:01 / 17.04.2025
London va Parij migrantlar almashinuvi bo‘yicha kelishuvni muhokama qilmoqda

08:59 / 15.04.2025
Britaniya razvedkasi Rossiyaning 2025 yildagi yo‘qotishlarini taxmin qildi

17:40 / 14.04.2025
Britaniyaning gumanitar yordamni qisqartirishi butun dunyo bo‘ylab 55,5 mln kishiga ta’sir qiladi

18:55 / 13.04.2025