Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeki Chan va Silvestr Stallone birgalikda filmda suratga tushadilar
Mashhur aktyorlar Jyeki Chan va Silvestr Stallone maxsus vazifalarni bajaruvchi otryadlarning sobiq jangchilari haqidagi "Eks-Bag‘dod" filmida birgalikda suratga tushadilar. Bu haqda The Hollywood Reporter nashri xabar bermoqda.
Filmga "Need for Speed: Tezlik chanqog‘i" filmini suratga olgan Skott Vo rejissyorlik qiladi. Ayni vaqtda u bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Film byudjyeti 80 mln dollarga baholanmoqda. Manbalarning ma'lum qilishicha, ushbu qiymat Xitoy kinosanoati uchun eng yiriklaridan biri hisoblanadi.
Filmning bosh qahramonlari sobiq maxsus jangchilar bo‘lib, ular Bag‘dodda bir guruh fuqarolarni xavfli hududdan xavfsiz hududga kuzatib qo‘yishlari kerak bo‘ladi.
Loyiha xalqaro auditoriyaga mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025