Amerikalik avtoishqiboz Hyundai biznes-sedanini pikapga aylantirdi
Craigslist portalida noodatiy avtomobil – Hyundai sedani negizida barpo etilgan pikap sotilayotgani haqida e'lon paydo bo‘ldi. U 2015 yilgi Genesis modelini o‘zgartirish bilan yasalgan. 5.0 l V8 motorli mashina 1400 mil (2250 kmga yaqin) yurgan. Sotuvchi uning uchun 16 500 dollar so‘ramoqda.
E'longa muvofiq, avtomobil egasi sedanni jiddiy YTHga uchragach, pikapga aylantirgan. Buning oqibatida mashinaning old va orqa qismi jiddiy zararlangan. Havaskor old qismini tiklagach, sedanni pikapga aylantirish g‘oyasini amalga oshirishga qaror qilgan.
Xabarda aytilishicha, sotuvchi 8 silindrli motorga ega Hyundai Genesis mashinasini yoqtirgan. U 2009 yildan beri 5ta shu modeldagi mashinalarni xarid qilgan.
Mashinani o‘zgartirish uchun u alyuminiy listlardan foydalangan. Pikapning yuk platformasi to‘liq ochiq bo‘lib, orqa to‘sig‘i ham yo‘q. Mashina egasining so‘zlariga ko‘ra, kuzovning yengillashgani 420 ot kuchiga ega avtomobilni sezilarli darajada tezkor mashinaga aylantirgan.
Yaqin kimdir mashina orqa oynasini sindirib, kalit bilan tirnab ketgach, mashinani sotishga qaror qilgan. Bundan tashqari, uning egasi 77 yoshga kirganini va charchaganini ham sabab sifatida ko‘rsatgan.
Birgina e'tirozli jihati shundaki, u texnik hisobga qo‘yilmagan.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024