Light | 01:56 / 14.05.2017
23517
4 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istondagi sayyohlarni eng ko‘p jalb etuvchi joylar

"Qaryydar" gazetasi Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi sayyohlik o‘rinlari TOP-5ligini tuzib chiqdi. Bu haqda Kruz.uz xabar bermoqda. 

Quyida ana shu reyting bilan tanishish mumkin.

5. Orol dengizi hududidagi tarixiy muzey

2015 yilda Gollandiyaning Vorshoten shahridan tashrif buyurgan Marsel bu joy haqida shunday deydi: «Mo‘ynoq tumanidagi Orol dengizi muzeyi qishloq hududidagi asosiy uzun yo‘lga qarama-qarshi tarafdagi binoda tashkillashtirilgan. Orol dengizini tomosha qilishga kelgan bo‘lsangiz,  lekin, shu hududdagi muzeyni ko‘rib ketmasangiz, sayohatingiz to‘liq bo‘lmaydi. Muzey juda katta emas, biroq, undagi rasmlar, xaritalar va maqolalar Orol dengizning yo‘qolib ketish sabablari haqida ko‘plab ma'lumotlar beradi. Ayniqsa, biz, dengizning oldingi suv mol va baliqlarga to‘la bo‘lgan davri haqidagi filmni tomosha qilib, hayron qoldik. Shundan so‘ng, biz Orol dengizi yoqasiga borib, qum ustida yurib, oldin suvga to‘la bo‘lgan dengizni ko‘z oldimizga keltirdik».

4. “Kemalar qabristoni”

2015 yilning aprel oyida Britaniyaning London shahridan tashrif buyurgan Brikston Massiv bu yer haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi:  «Bu yerda bo‘lish asosiy vazifa sanaladi. Bu joyda hech qanday dengiz ko‘rinmaydi. Bu ko‘rinish odamzodni yo‘qolib ketish xavfi haqidagi qayg‘uli voqeani eslatib turadi va yer yuzini sergak turishga chaqiradi. Shuningdek, siz, bu yerdagi kemalar sirtiga qarab xayollar qanotida sayohat etishingiz mumkin».

3.  Tuproq qal'a

2015 yilning may oyida Rossiyaning Moskva shahridan kelgan sayyoh Tinder shunday deydi: «Qachonlardir juda katta bo‘lgan qo‘rg‘ondan qolgan qoldiqlar, haqiqatdan ham ajoyib. Tuproq qal'a UNESCO’ning jahon ma'daniy merosi ro‘yhatiga olinganligi ham, bu yerni ko‘rish va o‘rganishga arziydi. Lekin, bu joy ochiq dala maydonida joylashgani bois uni yaxshi biladigan mahalliy inson bilan sayohat qilganingiz afzalroq».

2.  Ayaz qal'a

2016 yilning yanvar oyida Britaniyaning Hertford shahridan kelgan turist Tonbennison shunday deydi: «Ochiq dalada, atrofda tuproqdan boshqa hech narsa yo‘q bo‘lgan yerda bo‘lish insonga qandaydir erkinlik hisini taqdim etadi. Hozirgi kundagi bu qo‘rg‘ondan devor ko‘rinishdagi qoldiqlargina qolgan va bu minglab yillar oldin bu yerda nima bo‘lganligini ko‘z oldimizda gavdalantiradi».

1. I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san'at muzeyi

2017 yilning yanvar oyida Shvetsiyadan tashrif buyurgan Per F. shunday deydi: «Qoraqalpog‘istonda bunday ajoyib muzeyning bor ekanligi va men o‘zim bu muzeyni ko‘rganimdan juda xursandman. Yaqindagina muzeyning yangi binosi qurib bitkazilgan ekan. Shu bois ham, eksponatlarning barchasini tomosha qila olmadim. Agar Qoraqalpog‘istonda bo‘lsangiz, albatta, bu muzeyni tomosha qilishga keling, biroq, bu yerga shu muzeyni ko‘rish uchun maxsus kelmoqchi bo‘lsangiz, eksponatlar to‘liq joylashtirib bo‘lingandan keyin kelishingizni maslahat beraman».

Mavzuga oid