Sport | 02:35 / 15.05.2017
5031
2 daqiqa o‘qiladi

«Ayaks» Erediviziyaning so‘nggi turida eng yosh tarkibni o‘ynatib, rekordni yangiladi

«Ayaks»ning Niderlandiya chempionati oxirgi turida «Villem II» jamoasiga qarshi tushgan tarkib futbolchilarining o‘rtacha yoshi 20 yoshu 139 kunni tashkil qildi. Ushbu tarkib Erediviziya tarixida maydonda o‘ynagan eng yosh tarkibga aylandi.

«Ayaks» bu orqali PSV jamoasi tomonidan 2013 yili «NeK Neymegen»ga qarshi o‘yinda o‘rnatilgan rekordni yangiladi. O‘shanda eyndxovenliklarning tarkibida o‘rtacha yosh 20 yoshu 155 kunni tashkil qilgandi.

«Ayaks» mavsum yakunlariga ko‘ra «Feyyenoord»dan bir ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egalladi.

Villem II – Ayaks 1:3 (0:1)
Gollar: Sxyurman (82) – Dolberg (38), Sanches (48), Klassen (66).
Villem II: Lampru, Peters, Laxman, van Anxolt, Kali, Kok, Sxyurman, Oyo (Xerkens, 69), Xayye (Kru, 52), Fran Sol, Abubakar (Ulare, 51).
Ayaks: Onana, Sanches, Ridevald, Tete, de Ligt (Vestermann, 71), de Yong, van de Bek (Nuri, 52), Neres, Klassen, Klyuyvert, Dolberg (Traore, 46).
Ogohlantirish: Peters (85).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid