Putin Tramp bilan uchrashuvga qanday musiqa tanlashni bilmayotganini tan oldi

Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Donald Tramp bilan uchrashuv oldidan qanday musiqani ijro etishni bilmayotganini tan oldi. Putin buni "Bir makon – bir yo‘l" forumi doirasida Xitoy raisi Si Tszinpin bilan uchrashuv oldidan royalda musiqa ijro etishiga matbuot tomondan katta qiziqish bildirgandan keyin tan oldi.
"Fikrimcha, oldin Tramp bilan uchrashib, suhbatlashib va uning natijalariga ko‘ra musiqa tanlash kerak", deb javob bergan Putin.
Putinning aytishicha, u Tszinpin bilan uchrashuv oldidan royalda musiqa ijro etgani namoyish qilinishini bilmagan. U bu tasvir shaxsiy arxiv uchun olinmoqda, deb o‘ylagan.
"O‘ylaymanki, sizni uyaltirib qo‘ymadim. Men musiqa ijro etdim, deb ayta olmayman, men shunchaki xitoylik do‘stimiz va hamkorimizni kutish vaqtida 2-3 ta barmog‘im bilan klavishlarni bosib o‘tirgandim. Royal sozlanmaganidan juda ham afsuslandim. Bu royalda ikkita barmog‘i bilan o‘ynaydigan mendek odam uchun ham musiqa ijro etish juda murakkablik qildi ", deb aytdi Putin.
Mavzuga oid

17:23
Aybdorlar «xit paradi»da o‘zgarish: Tramp ilk marta Putinni urushning bosh aybdori deb atadi

15:09 / 16.04.2025
Lavrov Putinning yangi «ambitsiyali» rejalarini ma’lum qildi

19:10 / 11.04.2025
Trampning maxsus vakili Putin bilan uchrashib, Rossiya-Ukraina urushini muhokama qiladi

11:13 / 11.04.2025