Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyenevada bir juft sirg‘a 57 million dollarga sotildi
Jyenevada Sotheby's kimoshdi savdo uyining auksionida brilliant sirg‘alar 57 million dollarga sotildi, deb xabar bermoqda Europe 1 radiostansiyasi.
Ta'kidlanishicha, sirg‘alar tomchi shaklida qilingan bo‘lib, ulardan biri moviy, ikkinchisi esa pushti rangdagi brilliantdan yasalgan. Sirg‘alar ikkita alohida lot sifatida qo‘yildi, avval bu brilliantlar bir uzukning qismi bo‘lgan. Sirg‘alarni osiyolik shaxsi aytilmagan xaridor sotib oldi.
Radiostansiya ma'lumotlariga ko‘ra, "Apollo Blue" nomli moviy brilliantdan qilingan sirg‘a 42 million dollardan ko‘proq pulga sotilgan. Bu brilliantning og‘irligi 14,5 karat keladi. Ta'kidlanishicha, bu qachonlardir auksionda taqdim etilgan o‘z turkumidagi eng yirik brilliantdir.
"Artémis Pink" pushti rang brilliantdan tayyorlangan sirg‘a esa 15,4 million dollarga sotildi. Bu brillantning og‘irligi 16 karatga teng.
Mavzuga oid
13:16 / 25.03.2024
Senat raisi Jyenevada BMT bosh kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi
21:31 / 29.02.2024
Shveytsariya shaharlari haqida 10 ta qiziqarli fakt
08:00 / 14.11.2023
Jyenevada O‘zbekistonning inson huquqlari bo‘yicha navbatdagi hisoboti taqdim etildi
14:49 / 14.06.2023