Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google yangi Android dasturiy ta'minotini taqdim etdi
Android dasturiy tizimining yangi namunasi Google kompaniyasining an'anaviy I/O anjumanida namoyish etildi. Taqdimot marosimi Google’ning YouTube kanalida jonli efirga uzatildi.
Ishlab chiqaruvchilar yangi Android O dasturiy ta'minotida optimallashtirishga katta e'tibor qaratgan, xususan, ilovalardagi trafik va ma'lumotlarni GPS orqali yuborish, fon tartibida ishga tushirish qisqarishi mumkin.
Yangi funksiyalardan yana biri picture-in-picture (surat ichida surat) bo‘lib, u qurilma ekranida bir vaqtning o‘zida ikkita ilova bilan ishlash imkonini beradi. Bundan tashqari, xabarnoma funksiyasi to‘ldirilgan. Ilova yorlig‘i ko‘proq bosib turilsa, yangi xabarni ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Ilovalar do‘koniga, shuningdek, zararli dasturlarga qarshi kurashuvchi ilova kiritilgan.
Shu bilan birga, yangi dasturiy ta'minotning yakuniy nomi va uning qachon foydalanishga chiqarilishi ma'lum qilinmadi.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025