Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Video: Turkiyada MDHdan bo‘lgan sayyohlar o‘tirgan avtobus ag‘darilib ketdi
Turkiya janubi-g‘arbida ichida turistlar bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. YTHda 18 kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda DHA agentligi. Ta'kidlanishicha, yo‘lovchilar Rossiyadan bo‘lgan.
Hodisa Mugla va Denizli shaharlari o‘rtasida yuz bergan. Hurriyet nashri ma'lumotiga ko‘ra, jarohat olganlar orasida Turkiyaning ikki nafar fuqarosi ham bor.
Shu bilan birga, Rossiyaning Turkiyadagi elchixonasi matbuot xodimi Irina Kasimovaning ma'lum qilishicha, avtobusda ruslar bo‘lmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, avtobus Ukrainadan bo‘lgan sayyohlarni olib ketayotgan bo‘lgan.
Mahalliy politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus turistlarni Bodrumdan Pamukkalega olib ketayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025