Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxdagi stadion chiptalarida «Navbahor» stadioni tasviri tushirilgan
18 may kuni O‘zPFL Oliy ligasi 11-turi doirasida Jizzax shahrining «So‘g‘diyona» klubi G‘uzorning «Sho‘rtan» jamoasini qabul qildi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
11.650 kishi sig‘adigan, yangidan barpo etilgan «So‘g‘diyona» stadioniga bor-yo‘g‘i 2000 dan ortiq muxlis tushdi. Buning sababini esa muxlislar chiptalar narxining haddan ziyod baland — 10.000 so‘m ekanligi bilan izohlashmoqda.
Ayni paytda milliy chempionatda eng ko‘p muxlis Namanganning 25 ming kishilik «Navbahor» stadionida bo‘layotgan o‘yinlarga tushmoqda — 20 mingdan ortiq.
Qizig‘i, «So‘g‘diyona»ning ushbu o‘yinga atab chiqarilgan chiptasida ham Jizzaxdagi emas, Namangandagi stadion tasvirlangan. Bu bilan Jizzax jamoasi «Navbahor» stadionidagi muxlislarni orzu qilganmikan, bilmadik...

Boz ustiga, chiptada o‘yin 18:00 da boshlanadi, deb yozib qo‘yilgan. O‘yin esa 18:30 da boshlandi.
Farqlashingiz uchun: Bu «Navbahor»ning stadioni — rekonstruksiya paytida

Bu esa Jizzaxdagi «So‘g‘diyona» stadioni ochilish marosimiga tayyorgarlik ko‘rish paytida tushirilgan:

Mavzuga oid
13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam
21:38 / 19.07.2024
«Navbahor» Samvel Babayan o‘rniga yangi bosh murabbiyni e’lon qildi
14:32 / 29.06.2024
Rasman: «Navbahor» va Babayan o‘zaro kelishuvga asosan shartnomani bekor qilishdi
12:13 / 17.06.2024