Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobodda o‘g‘irlik sodir etgan 32 yoshli ayol ushlandi
Xalqimizda azaldan halollik e'zozlanib kelingan. Ammo egri yo‘ldan yurib, belni og‘ritmasdan, jonini kuydirmasdan oson pul topishni izlayotganlar ham uchrab turibdi. Achinarlisi, ular orasida ayollar ham bor.
Toshkent viloyati IIB matbuot xizmatining xabar berishicha, Bekobod tumanida yashovchi 1984 yilda tug‘ilgan Aliya Ruxshodova (ismlari o‘zgartirilgan) shu tumanda yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan Sodiq Mahmudovning dala hovlisidan hech kim yo‘qligidan foydalanib, erkin yo‘l bilan kirib umumiy narxi 2.245.000 so‘m bo‘lgan uy-ro‘zg‘or buyumlarini o‘g‘irlab ketadi.
Ichki ishlar organlari xodimlarining olib borgan tezkor chora-tadbirlari natijasida Aliya Ruxshodova ushlandi. Ushbu holat yuzasidan unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
22:20 / 10.05.2025
Bekobod shahrida Damas piyodani bosib ketdi
14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi
09:13 / 14.02.2025