Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
CNN rus cherkovi gumbazlarini minoralar deb atadi
AQShning CNN telekanali sayti Moskvadagi Vasiliya Blajyenniy ibodatxonasi gumbazlarini "minoralar" deb atadi.
Saytda 18 may kuni "Oq uy TIME jurnali muqovasida Rossiya minoralari tomondan egallab olindi" sarlavhasi ostida maqola chop etilgan. Maqola muallifi Devid Rayt bo‘lib, keyinroq CNN maqola sarlavhasidagi minoralar so‘zini gumbazlarga almashtirgan.

Nufuzli TIME jurnalining yangi soni muqovasi Oq uyning Vasiliya Blajyenniy ibodatxonasi bilan chatishib ketayotgan ko‘rinishdagi tasviri bilan chiqqan. Jurnalning bosh maqolasida AQSh prezidenti Donald Trampga go‘yoki uning Rossiya bilan aloqalari borligi sababli bildirilgan ayblovlar muhokama qilingan.
Maqolada, shuningdek, Rossiya nafaqat serverlarni, balki ijtimoiy tarmoqlar akkauntlarini ham buzib kirishni o‘rganib olgani ta'kidlab o‘tilgan. Nashr fikricha, bu Rossiyaga "AQShdagi voqealar borishini jamoatchilik fikrini boshqarish yo‘li bilan o‘zgartirish" imkonini bergan.
Mavzuga oid
18:14 / 12.12.2024
TIME jurnali Trampni «Yil odami» deb e’lon qildi
20:52 / 09.12.2024
TIME jurnali «Yil odami» nominatsiyasiga nomzodlarni e’lon qildi
10:20 / 07.09.2024
CNN taslim bo‘lgan ukrainalik askarlarning otib tashlanishi aks etgan videoni e’lon qildi
10:24 / 04.01.2024