Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh Kongressi Trampning biznes aloqalarini tekshiradi
AQSh moliyaviy razvedkasi Amerika Kongressi Vakillar palatasiga prezident Donald Tramp va uning atrofidagilarning Rossiya bilan biznes aloqalari borligini tekshirish bo‘yicha zarur bo‘lgan ma'lumotlarni taqdim etdi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Moliya vazirligi tarkibiga kiruvchi moliyaviy razvedka Vakillar palatasining razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasiga maxfiy hujjatlar bilan tanishish imkonini bergan.
Avvalroq, Kongressning ikki palatasining ushbu masala bo‘yicha qo‘mitalari moliyaviy razvedkaga murojaat qilib, shunday ma'lumotlarni taqdim etishni so‘ragan edi. Senat maxsus qo‘mitasi ham shu ma'lumotlarni olganini bu idoradagi demokrat Mark Uorner tasdiqlagan edi.
Senatning razvedka bo‘yicha maxsus qo‘mitasining demokrat a'zosi demokrat Ron Uayden The Wall Street Journal gazetasiga bergan intervyusida, uni birinchi galda pullarni o‘tkazish uchun soxta kompaniyalar yoki kimgadir ko‘chmas mulk berilgani qiziqtirishini aytgan edi.
Hozircha, moliyaviy razvedka vakillari ushbu xabarni izohlashni rad etishgan. Prezident Trampning o‘zi Rossiyada biznesi ham yo‘qligini, Moskva bilan biror sohada aloqa ham qilmasligini ta'kidlab keladi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
12:35 / 28.05.2025
Tramp: Kanada "Oltin gumbaz" himoyasini 61 mlrd dollarga oladi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
10:23 / 28.05.2025