Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Meksikada 3 nafar jinoyatchi 29 politsiyachini tunab ketdi
Meksikaning Gerrero shtati Akapulko shahridan poytaxt Mexiko shahriga ketayotgan avtobusga qurolli hujum uyushtirildi. 3 nafar qurollangan jinoyatchi hujum qilgan avtobusda federal politsiya xodimlari ketayotgan bo‘lgan. Bu haqda El Universal gazetasi saytida e'lon qilinmoqda. Jinoyat Morelos shtatidan o‘tuvchi yo‘lda amalga oshirilgan.
Gap shundaki, politsiyachilar Mexikoga ijaraga olingan avtobusda dam olish uchun ketishayotgani sababli qurolsiz bo‘lishgan. Haydovchi qorong‘i tushganidan keyin avtobusda nosozlik ro‘y bergani sababli to‘xtashga majbur bo‘lgan. Yaqin oradagi qurollangan jinoyatchilar esa bunday qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslikka qaror qilishgan. Ular politsiyachilarning pullari, mobil telefonlari va shaxsiy buyumlarini olib ketishgan, ammo o‘zlariga zarar yetkazishmagan.
Aytish joizki, Gerrero shtati Institute for Economics and Peace (Iqtisodiyot va tinchlik instituti) tomonidan 2016 yiilda Meksikaning eng xavfli mintaqasi, deb topilgan edi. Bu yerda qotillik jinoyati har 100 ming kishiga 61,6 ta holatni tashkil etadi.
Mavzuga oid
23:19 / 21.05.2025
Toshkentda Meksika va Yevropa orqali AQShga yuborishni va’da qilganlar ushlandi
15:18 / 18.05.2025
Nyu Yorkda Meksika harbiy kemasi Bruklin ko‘prigiga urildi. Qurbonlar bor
20:02 / 13.05.2025
Meksikada merlikka nomzod saylovoldi mitingida otib ketildi
00:27 / 10.05.2025